Yevrokuboklarda ishtirok etadigan Bundesliga jamoalari nomi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Bugun Germaniya Bundesligasida 2024/2025-yilgi mavsumning so'nggi o'yinlari o'tkazildi va 2025/2026-yilgi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida Germaniyadan “Bavariya”, “Bayer”, “Ayntraxt” va “Borussiya Dortmund” ishtirok etadi.
Turnir jadvalida 5-o'rinni egallagan “Frayburg” esa Yevropa Ligasiga yo'llanma oldi.
Chempionatni oltinchi o'rinda yakunlagan “Mayns” esa Konferensiyalar Ligasi saralashida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Yevropa Ligasining yana bir yo'llanmasi uchun 3-Bundesligada ishtirok etuvchi “Shtutgart” hamda “Arminiya” o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv 24-may kuni Germaniya Kubogi finalida bo'lib o'tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist