locale OZ

Yamal va Gavi “Barselona” rahbariyatidan Niko Uilyamsni sotib olishni talab qilmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal va Gavi “Barselona” rahbariyatidan Niko Uilyamsni sotib olishni talab qilmoqda
FOTO: Barca Universal

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchilari Lamin Yamal va Gavi rahbariyatdan Niko Uilyamsni sotib olishni talab qilmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ikkalar futbolchi ham klub prezidenti Xuan Laportani kelishuvga erishish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishga undamoqda.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ham 22 yoshli “Atletik” vingeri bilan shartnoma imzolanishi borasida ijobiy fikrda.

Hozirda “Barselona” uchun asosiy muammo Uilyamsning tovon puli bo'lib turibdi - 58 million yevro.

Ma'lumot uchun, Uilyams joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting