locale OZ

Yamal “Real”ga yangi kelgan himoyachini masxara qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal “Real”ga yangi kelgan himoyachini masxara qildi
FOTO: Getty Images
UEFA Millatlar ligasi. A liga
05.06.2025, Yak.
Ispaniya
5
Fransiya
4

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal “Real”ga yangi kelgan Din Xeysen haqida hazil qildi.

Gap shundaki, har ikki futbolchi ham Ispaniya terma jamoasiga chiqarilgan. Terma jamoa matbuot xizmati ikkala futbolchilarning qo'shma suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Yamal esa surat ostiga quyidagicha izoh yozib qoldirgan:

“Mening yangi o'yinchog'im”.

Eslatib o'tamiz, “Real” may oyida Din Xeysenni “Bornmut”dan 60 million yevro evaziga sotib oldi.

Ma'lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi 5-iyun kuni Millatlar Ligasi doirasida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting