locale OZ

Millatlar ligasining ikkinchi finalchisi aniq bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasining ikkinchi finalchisi aniq bo'ldi
Photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
05.06.2025, Yak.
Ispaniya
5
Fransiya
4

Barcha o'zbeklar Jahon chempionati shukuhi bilan yurgan bir paytda, Yevropa Millatlar ligasining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ispaniya hamda Fransiya terma jamoalari final yo'llanasini qo'lga kiritish uchun o'zaro bellashdilar. Gollarga boy tarzda kechgan ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

Millatlar ligasi, yarimfinal

Ispaniya – Fransiya 5:4

Gollar: Uilyams 22, Merino 25, Yamal 54, 67, Pedri 55 – Mbappe 59 (p), Sherki 79, Vivian (a.g) 84, Kolo Muani 90+4.

Ispaniya: Simon, Porro, Le Normann, Heysen, Kukureliya, Pedri (Ruis 64), Subimendi, Merino (Gavi 90+1), Uilyams (Olmo 64), Yamal, Oyarsabal (Samu 77).

Fransiya: Meniyan, Kalulu (Gyusto 63), Konate, Langle (Lyuka Ernandes 72), Teo, Rabio, Kone, Duye (Barkolya 63), Dembele (Kolo Muani 76), Olise (Sherki 63), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Yamal 33, Gavi 90+6 – Rabio 51, Teo 82, Kolo Muani 90+4, Kone 90+7.

Shunday qilib sakkizinchi iyun kuni Millatlar ligasi final bahsi bo'lib o'tadi va unda Portugaliya-Ispaniya terma jamoalari bosh sovrin uchun o'zaro kuch sinashishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting