locale OZ

Ispaniya qatorasiga uchinchi bor Millatlar Ligasi finaliga yo'llanma oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya qatorasiga uchinchi bor Millatlar Ligasi finaliga yo'llanma oldi
FOTO: Getty Images
UEFA Millatlar ligasi. A liga
05.06.2025, Yak.
Ispaniya
5
Fransiya
4

UEFA Millatlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan bahsda Ispaniya va Fransiya o'zaro to'qnash keldi va yakunda Luis de la Fuente shogirdlari 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi qatorasiga uchinchi bor ushbu turnirning finaliga yo'llanma oldi.

Musobaqaning so'nggi, ya'ni 2022/2023-yilgi mavsumida Ispaniya terma jamoasi yarim finalda Italiyani mag'lub etgan (2:1) va finalda Xorvatiyadan penaltilar seriyasida ustun kelgan (0:0, pen 5:4).

2020/2021-yilgi mavsumda esa Ispaniya yarim finalda Italiyani mag'lub etib (2:1), hal qiluvchi bahsda Fransiyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan (1:2).

Ma'lumot uchun, 2024/2025- yilgi mavsum finali 8-iyun kuni bo'lib o'tadi. Unda Ispaniya Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, shu kuni bronza medallari uchun Germaniya va Fransiya ham o'zaro to'qnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting