Yamal: «Raqib to‘pga egalik qilsa, bu biz uchun muammo emas»
Ispaniya terma jamoasi vingери Lamин Yamal Millatlar ligasida Angliya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyin uchrashuv haqida fikr bildirdi.
19 yoshli futbolchi bahsning 2-daqiqasida hisobni ochdi. Biroq angliyaliklar birinchi bo‘lim oxiriga qadar Entoni Gordon va Garri Keynning gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Tanaffusdan keyin Ispaniya Aleks Baena va Mikel Oyarzabalning gollari bilan vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi.
«Raqib to‘pga egalik qilsa, bu biz uchun muammo emas. Axir, jamoamizda juda tezkor futbolchilar bor va biz qarshi hujumlarda samarali o‘ynay olamiz. Bir necha kun oldin aytganimdek, har bir uchrashuvda nimalar talab qilinishini tushunish muhim. Biz buni uddalamoqdamiz», — dedi Yamal The Touchline nashri keltirgan izohida.
Ispaniya terma jamoasi keyingi uchrashuvini seshanba kuni o‘z maydonida Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.