Luis de la Fuente: «Bugun biz vaziyatga moslasha oladigan Ispaniyani ko‘rdik»
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasining birinchi turida Angliya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bu jamoaning maqsadlari katta va u g‘alaba qozonishdan to‘xtashni istamaydi. Ayrim vaziyatlarda Angliya futbolchilarining iqtidoriga qarshi turishimiz va sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi. Ammo, menimcha, bugun biz vaziyatga moslasha oladigan Ispaniyani ko‘rdik», — deya murabbiyning so‘zlarini Marca keltirmoqda.
Angliya ikki marta gol urganidan keyin tanaffusdagi suhbat haqida:
«Tanaffus paytida shunday dedik: besh-olti daqiqani hisobga olmaganda, o‘yin nazoratimiz ostida bo‘ldi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, faqat shu ruhda davom etishimiz kerak edi. Biz bu jamoa hech qachon taslim bo‘lmasligini yana bir bor isbotlashni juda xohlaymiz».
Almashtirishlardan keyin jamoa qanday o‘zgargani haqida:
«Ispaniyalik futbolchilardan iborat shunchalik katta tarkibimiz borligidan baxtiyormizki, ularning har biri maydonga tushib, o‘z vazifasini bajarishi va sherigi endi bera olmaydigan narsani jamoaga taqdim etishi mumkin. Ular buni qandaydir aqlbovar qilmas darajada tabiiy tarzda amalga oshirishmoqda».
Ispaniya terma jamoasi musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini 29-sentabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.