Keyn: «Muhim zonalarda juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Ispaniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidagi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yin juda keskin kechdi. Hammasi butunlay boshqacha yakunlanishi ham mumkin edi. Biz yaxshiroq o‘ynadik, ayniqsa birinchi bo‘limning oxirgi qismida. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasi ham juda yaxshi o‘tdi — raqibga kuchli bosim o‘tkazdik.
Yomon boshlanishdan keyin o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsata oldik. Ammo noqulay paytda o‘tkazib yuborilgan omadsiz goldan keyin o‘yinga qaytish qiyin bo‘ldi. Muhim zonalarda juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik va bu bizga natija qimmatiga tushdi.
Biz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o‘ynadik. Shunga qaramay, uchrashuvda ijobiy jihatlar ham ko‘p bo‘ldi», — dedi Keyn The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Angliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 29-sentabr kuni safarda Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.