Yamal – La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi
Lamin 4 ta bahsda maydonga tushib, 3 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Фото: Барселона
“Barselona” vingeri Lamin Yamal La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
18 yoshli o‘yinchi o‘tgan oyda kataloniyaliklar safida Ispaniya yuqori divizionida 4 ta bahsda maydonga tushib, 3 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Yamal ovozlar soniga ko‘ra Kilian Mbappe (“Real”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Mikel Oyarzabal (“Real Sosedad”) va Jerar Morenoni (“Vilyarreal”) ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real” esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist