Yamal La Liga joriy mavsumining eng yaxshi assistenti deb topildi
Ispaniya La Ligasi mavsumi yakunlandi.
"Barselona" vingeri Lamin Yamal eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchiga aylandi. U 28 ta o‘yinda 11 ta assist qayd etib, chempionatning eng yaxshi assistenti bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni "Xetafe" yarim himoyachisi Luis Milya egalladi — u 10 ta golli uzatma berdi.
Uchinchi pog‘onada esa "Barselona" yarim himoyachisi Pedri joylashdi, u 29 ta o‘yinda 9 ta assist amalga oshirdi.
Shuningdek, "Barselona" futbolchisi Fermin Lopes va Madridning "Real" klubi a’zosi Arda Gyuler ham 9 tadan assist qayd etdi, biroq bunga ko‘proq o‘yinlarda erishgan.
"Barselona" 38 ta o‘yinda 94 ochko jamg‘arib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Madridning "Real" klubi 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi pog‘onada esa 72 ochko to‘plagan "Vilyarreal" joy oldi.