locale OZ

Yamal «Girona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Yamal katta ehtimol bilan 'Real'ga qarshi 26 oktyabrdagi o‘yinga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal «Girona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images

Испания milliy jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Girona”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi dastlab Ispaniya milliy jamoasiga chaqirilgan edi, biroq jarohati qayta zo‘raygani tufayli murabbiylar uni klubga qaytishiga ruxsat berishgan. Yamal allaqachon “Barselona”ga qaytib, intensiv tiklanish dasturini boshlagan.

Yamal katta ehtimol bilan “Real”ga qarshi kechadigan 26 oktyabrdagi o‘yinga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

Lamin joriy mavsum barcha turnirlarda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting