Xumoyunmirzo Iminov “Andijon” bilan kelishuvga erishdi
“Burgutlar” yana bir iqtidorli futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
“Xorazm” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Humoyunmirzo Iminov bilan shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz.
2000-yilning 15-yanvarida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tavallud topgan futbolchi “Paxtakor”, “Energetik-BGU” (Belarus),”Buxoro”, “Dinamo” va “Xorazm” safida toʻp surdi.
Faoliyatida hozirgacha jami 130 ta oʻyin, 6 gol va 5 ta assist mavjud.
Iminov “Paxtakor” safida Oʻzbekiston chempioni, Kubok sohibi va Superkubokni qoʻlga kiritgan.
Umid qilamizki, Iminov “Andijon”da ham sovrinlar qoʻlga kiritilishida munosib hissasini qoʻshadi.
Humoyunmirzo, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!",-deb yoziladi klubning rasmiy sahifasida.