locale OZ

\"Xorazm\" PFKda yig‘ilish o‘tkazildi

Klub Dukent hududida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Xorazm" PFKda yig‘ilish o‘tkazildi
photo: Xorazm fk

Ayni kunlarda "Xorazm" PFK jamoasi Superliga 2026 yilgi mavsumining ikkinchi mavsumi oldidan Toshkent viloyatining Dukent hududida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirmoqda.

"Bugun klub bosh direktori R. Axmedov ishtirokida jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub mutasaddilari bilan uchrashuv-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mavsumning ikkinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, jamoa oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, futbolchilarning mas’uliyati hamda musobaqalardagi natijadorlikni yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hamda murabbiylar shtabiga tayyorgarlik jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini yuqori darajada ushlab turish hamda belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida klub rahbari Xorazm viloyati muxlislari jamoadan yuqori natijalar kutayotganini alohida ta’kidlab, futbolchi va murabbiylarni o‘z zimmasidagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

Shuningdek, jamoaning har bir a’zosi klub sha’ni va muxlislar ishonchini oqlash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishi lozimligi qayd etildi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting