locale OZ

Xavi Simons faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda, biroq...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi Simons faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda, biroq...
FOTO: Getty Images

“RB Leypsig”ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, gollandiyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri “Barselona”ga o'tishni orzu qiladi. Biroq Simonsning Kataloniya klubiga transferi yozda amalga oshishi dargumonligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchiga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. “Leypsig” Simonsning potensial transferidan 74 million yevro ishlab olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Xavi Simons joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting