Xavi Saudiya top klubini boshqarishi mumkin
Klub va murabbiy o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
Ispaniyalik murabbiy Xavi, Loran Blan iste'foga chiqarilgach, “Al-Ittihod” bosh murabbiyi lavozimini egallashga nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Biroq Xavi Saudiya klubi bosh murabbiyligi uchun yagona nomzod emas.
Xavining eng so'nggi ish joyi "Barselona" edi. Ispaniyalik sobiq futbolchi 2021 yil noyabridan 2024 yil iyuniga qadar “blaugrana”ni boshqargan.
Uning qo'l ostida Kataloniya klubi 2022/2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist