locale OZ

Xavi faoliyatini qaysi ligada davom ettirishni xohlashini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi faoliyatini qaysi ligada davom ettirishni xohlashini aytdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirishni xohlashini aytdi.

“Men shoshmayman, lekin jiddiy loyihalar bo'lsa, qabul qilaman. Menga taqdim etiladigan loyiha shunday bo'lishini xohlardim: “Sizda jamoani rivojlantirish uchun to'rt yil bor”.

Men Angliya Premyer-ligasida ishlashni istardim. Chunki bu liga ishtiyoqqa to'la. Ispaniyada esa hamma narsa natijaga qaratilgan”, - deya Xavining so'zlarini keltiradi The Athletic nashri.

Eslatib o'tamiz, Xavining murabbiylik faoliyatidagi so'nggi klubi “Barselona” hisoblanadi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Qatarning “Al-Sadd” klubida ham ishlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting