locale OZ

Xarri Keyn mundialdagi gollari bo'yicha Peledan o'tib ketdi

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) dubl qayd etib, mundiallar tarixidagi yana bir muhim natijaga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xarri Keyn mundialdagi gollari bo'yicha Peledan o'tib ketdi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
01.07.2026, Yak.
Angliya
2
Kongo Demokratik Respublikasi
1

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) dubl qayd etib, mundiallar tarixidagi yana bir muhim natijaga erishdi.

Ushbu ikki goldan so‘ng Angliya milliy jamoasi hujumchisi Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 13 taga yetkazdi. Shu tariqa, u afsonaviy braziliyalik Peleni (12 gol) ortda qoldirdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha fransiyalik to‘purar Jyust Fontenga yetib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Jyust Fonten o‘zining 13 ta golining barchasini 1958 yilgi Jahon chempionatida urgan bo‘lib, bu haligacha bir mundialda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord hisoblanadi.

Shu tariqa, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 finaliga yo‘llanma oldi va keyingi bosqichda Meksikaga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting