locale OZ

Maykl Ouen: «Keyn — Angliya tarixidagi eng buyuk hujumchi»

Angliya terma jamoasi pley-offga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Ouen: «Keyn — Angliya tarixidagi eng buyuk hujumchi»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
01.07.2026, Yak.
Angliya
2
Kongo Demokratik Respublikasi
1

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen milliy jamoa sardori Harri Keyn haqida yuqori fikr bildirdi.

«Men Harri Keynni juda hurmat qilaman. Hech ikkilanmasdan uni Angliya tarixidagi eng buyuk hujumchi deb atayman. U, shubhasiz, jahon futbolidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri, ajoyib sardor va yuksak inson.

Eng muhimi, u koʻpchilik uchun namunadir. U shuni isbotlaydiki, buyuk futbolchi boʻlish uchun albatta Lionel Messi, Pele yoki Diego Maradona kabi tugʻma isteʼdod egasi boʻlish shart emas. Baʼzan eng buyuk futbolchilar — oʻz ustida tinmay ishlaydigan va doimo rivojlanishdan toʻxtamaydigan insonlar boʻladi», — dedi Ouen.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting