locale OZ

Viktor Karpenko: \"Katanes va Kapadze jamoalari o'rtasida jiddiy farq yo'q\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Viktor Karpenko: "Katanes va Kapadze jamoalari o'rtasida jiddiy farq yo'q"
FОТО: championat.asia
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyi boshida jahon chempionati saralash turnirida muhim o‘yinlarni o‘tkazadi. Sports24.uz 2003-2014 yillarda terma jamoamiz safida jami 59ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan Viktor Karpenko bilan suhbatlashdi.

- Viktor Aleksandrovich, Jahon chempionati saralash turnirining so'nggi o'yinlari oldidan terma jamoamizning imkoniyatlari qanday?
- Biz ko'pincha Jahon chempionatiga chiqishga bir qadam qolganda to'xtab qolganmiz - yo qo'lga kiritilmagan ochkolar, yo to'plar nisbati, yokida eng muhimi - muvaffaqiyatsizlik tufayli. Juda yaxshi o‘ynagan bo‘lsak-da, jahon chempionatiga chiqa olmadik.

Hozirgi terma jamoamiz juda yaxshi tarkibga ega - yosh va tajribali futbolchilar yetarli. Endi jahon chempionatiga chiqish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Hammasi futbolchilarimizga bog'liq, hammasi o'z qo'limizda.

- Srechko Katanesdan keyin yetakchilik Timur Kapadzega o'tdi. So'nggi ikki o'yinda qandaydir farqni sezdingizmi?
- Agar Srechko Katanes va Timur Kapadze davridagi o'yinlarni solishtiradigan bo'lsak, taktik jihatdan jiddiy farq yo'q - jamoa avvalgidek o'ynashda davom etdi. Bundan Timur Tahirovich ham xabardor edi, chunki qisqa muddatda taktik o'zgarish qilish qiyin. Eng muhimi, bu usul jamoaga ochko olib keldi va bu ish berdi.

- Sizningcha, jamoamiz a'zolarining turli sharoitlari bunga qanday ta'sir qiladi?
- Ayrim futbolchilar chempionat tugagani uchun formani yo'qotish xavfi ostida qolgandek tuyulishi mumkin, boshqalari esa o'z klublarida kamroq o'ynayapti. Lekin menimcha, ularning barchasi professional va klublarda o'z jismoniy holatini saqlab qolishadi. Yoki O'zbekistonda jamoalar bilan mashg'ulot o'tkazishadi. Bu holat ularning o'yiniga ta'sir qilmasligi kerak. Terma jamoa murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar davomida ularni optimal holatga keltirmoqda. Eng muhimi, futbolchilar bu o'yin naqadar muhim ekanini tushunib, maydonda borlarini berishadi. O'ylaymanki, natija ijobiy bo'ladi.

- BAA terma jamoasi murabbiyini almashtirdi. Ulardan qanday qarshilik kutmoqdasiz?
- BAA terma jamoasi, birinchi navbatda, hujumkor, kombinatsion futbol o'ynaydigan jamoa. Hozirda ularning tarkibida mahalliylashtirilgan futbolchilar ko'p - asosan braziliyaliklar va ularning o'yini ko'proq hujumkor. Albatta, murabbiylar shtabida o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin ular o‘z uslubidan voz kechmaydi, deb o‘ylayman. Jamoamizga, murabbiy va futbolchilarimizga muvaffaqiyatlar tilayman. Biz ularga ishonamiz va asosiy maqsad – Jahon chempionatiga chiqishimizga umid qilamiz.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting