Vensan Kompani: Biz ochmiz va g'alabaga chanqoqmiz
Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani PSJga qarshi bahs oldidan Enrikening parijliklardan yaxshiroq jamoa yo'qligi haqidagi fikrga javob qaytardi.
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
28.04.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
5
Bavariya
4
Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani PSJga qarshi bahs oldidan Enrikening parijliklardan yaxshiroq jamoa yo'qligi haqidagi fikrga javob qaytardi.
“Menimcha amaldagi chempionlar bunga haqli. Biz PSJ o'tgan mavsum qo'lga kiritgan chempionlik uchun kurashmoqdamiz. Ular har qanday maqtovga loyiq. Biz ularda bor narsani xohlaymiz. Biz ochmiz" va g'alabaga chanqoqmiz. Ertaga birinchi o'yin va Myunxenda javob bahsi ham bo'ladi. Umid qilamizki bu ikki uchrashuv davomida eng yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlaymiz",-dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, 28 apreldan 29 aprelga o‘tar kechasi soat PSJ o‘z maydonida Bavariyani qabul qiladi. Bellashuv soat 00:00 da start oladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor