locale OZ

Vadim Abramov: «Transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmiz»

Klub matbuot xizmati bosh murabbiy bilan bog‘lanib, tayyorgarlik jarayoni haqida qisqacha suhbatlashdi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Vadim Abramov: «Transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmiz»
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi Superliga ikkinchi qismiga qo‘shni Qirg‘izistonda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Karlenovich bilan bog‘lanib, tayyorgarlik jarayoni haqida qisqacha suhbatlashdi.

“Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda. Issiqko‘lda kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Superliga bahslariga optimal sport formasida kirib borishga harakat qilamiz.

Afsuski, bu yerda Qirg‘iziston chempionati o‘yinlari davom etayotgani bois o‘rtoqlik o‘yini uchun raqib topishning hali imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, jismoniy holat va maydonda mashg‘ulotlar o‘tkazib tayyorgarlik ko‘rishda davom etyapmiz. 11 iyul kuni qaytib, Samarqandda so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazamiz.

Tarkibimizda ko‘rikda bo‘lgan o‘yinchilar bor, tez orada ular bo‘yicha aniq qarorga kelamiz. Shuningdek, yangi o‘yinchilar bilan muzokara davom etmoqda, transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni ham rejalashtirganmiz”, - dedi bosh murabbiy klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” jamoasi Superliga 12-turi doirasida 18 iyul kuni Navoiyda “Qizilqum” klubi mehmoni bo‘ladi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting