locale OZ

Vadim Abramov: «Tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o‘rniga yangi o‘yinchilarni taklif qilamiz»

«Dinamo» jamoasi 20 kunlik qishki ta’tildan qaytib, bugundan Samarqandda 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vadim Abramov: «Tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o‘rniga yangi o‘yinchilarni taklif qilamiz»
photo: Dinamo fk

«Dinamo» jamoasi 20 kunlik qishki ta’tildan qaytib, bugundan Samarqandda 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Yig‘in oldidan jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, rejadagi yig‘inlar, tarkib, seleksiya jarayoni va 28 dekabr kuni Samarqandda «Qizilqum»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Bugundan mashg‘ulotlarni boshladik, hozircha betobligi yoki jarohati sabab yig‘inda ishtirok eta olmayotganlar bor. Legionerlar esa yanvar oyi boshidan safga qo‘shila boshlaydi. Samarqanddagi yig‘inimiz yakunida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz. Yangi yil bayramidan oldin 3 kunga dam berib, 3 yanvardan Toshkentda yig‘in boshlaymiz.

28 dekabr kuni «Qizilqum»ga qarshi o‘yin o‘tkazilsa, 29 dekabrda Andijonning boshqa bir jamoasi bilan nazorat bahsi o‘tkaziladi. Ikkisi ham Samarqandda o‘tadi. Ikkinchi yig‘in Toshkentda o‘tadi, chunki bu yerda hozircha mashg‘ulot uchun tayyor maydon yo‘q. Toshkentda bir qator o‘rtoqlik bahslari belgilangan. Bu bahslarda tarkib shakllangan bo‘ladi.

Uchinchi yig‘in esa Abu-Dabida o‘tkaziladi. Xorij yig‘iniga shakllangan tarkib bilan boramiz. U yerda kuchli raqiblar ko‘p, ularga qarshi kamida 3ta o‘yin o‘tkazamiz.

Qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtiryapmiz? Jamoani tark etgan o‘yinchilar o‘rniga yangi futbolchilar taklif etiladi. Umuman olganda esa tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o‘rnini esa munosib o‘yinchilar bilan to‘ldiramiz», - deydi Vadim Karlenovich.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting