Tezkor! Eldor Shomurodov “Roma”da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlik qilmoqda
FОТО: TuttoASRoma.it
Rimning “Roma” klubi aprel oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e'lon qildi. G'olib ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.
Quvoranlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham ushbu sovrin uchun kurash olib bormoqda. Nomzodlar ichida Brayan Kristante, Obit Evan Ndika, Matias Soule va Mile Svilar o'rin olgan.
Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov aprel oyida “Roma” safida jami 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist