locale OZ

Temur Kapadze: “Eng asosiysi, hammasi o'zimizning qo'limizda”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Temur Kapadze: “Eng asosiysi, hammasi o'zimizning qo'limizda”
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi muhim o'yinda maydonga tushadi.

Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Timer Kapadze ishtirok etdi va ertangi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ertaga bizni muhim o'yin kutib turibdi. Hamma futbolchilar sog'-salomat. Bu yerda sizlarni ko'rganimdan xursandman.

Raqib jamoaning yangi murabbiyini o'rganib chiqdik va tayyorligimiz yaxshi. Raqibni o'rganishga harakat qildik. Biroq birinchi navbatda o'zimizning o'yinimizga e'tibor qaratamiz.

Bu darajaga yetganimizni asosiy sababi futbolchilar. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Eng asosiysi, hammasi o'zimizning qo'limizda”, - deydi Kapadze.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston o'rtasidagi bahs ertaga, 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Ushbu uchrashuvdagi durang natija ham bizni mundialga olib chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting