locale OZ

Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi

Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
taliya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
05.09.2026, Yak.
Roma
2
Atalanta
1

Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada «Atalanta» yarimhimoyachisi Ederson hisobni ochdi. «Roma» uzoq vaqt davomida javob golini ura olmadi. Biroq 90-daqiqada Mario Ermoso hisobni tenglashtirdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, 90+3-daqiqada Matias Zule «Roma»ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa rimliklar so‘nggi daqiqalarda 2:1 hisobida g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Roma» uch turda 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atalanta» esa 6 ochko bilan yettinchi o‘rinda.

A Seriya. 3-tur
Roma — Atalanta 2:1
Gollar:
Ederson 47, Ermoso 90, Zule 90+3.

Roma: Svilar, Ndika (Balerdi, 67), Manchini (Jilardi, 63), Ermoso, Lulli (Zule, 55), Kristante, Kone, Fransa, Mora (Molina, 55), Dibala, Malen (Kastro, 63).

Atalanta: Karnesekki, Bellanova, Kossunu, Skalvini, Kolashinas (Zappakosta, 73), Samarjich (Zalevski, 66), Gaetano, Ederson (Kessiye, 80), De Ketelare, Skamakka (Krstovich, 46), Elmas (Pashalich, 66).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting