locale OZ

«Surxon» - «Paxtakor». O‘zbekiston Kubogi prevyusi

Toshkentdagi bellashuv soat 19:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Surxon” - “Paxtakor”. O‘zbekiston Kubogi prevyusi
Фото: Пахтакор ПФК

18 may kuni O‘zbekiston Kubogi 2-turida "Paxtakor" "Surxon"ga qarshi o‘ynaydi. Bahs Termizdagi stadion maydoni talab darajasida emasligi sababli Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

"Surxon" bilan jamoamiz 2003 va 2019 yil kubok bahslarida to‘qnash kelgan. 2003 yil Termizda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Sherlar" Toshkentda ushbu raqibni 7:1 hisobida tor-mor etishgandi. 2019 yil chorak finalda ham jamoamiz 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsumlarda "Paxtakor" kubokka ega chiqqan.

"Surxon" va "Paxtakor" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi 2-tur o‘yini "Paxtakor" stadionida 18 may, dushanba kuni soat 19:00da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting