locale OZ

«Surxon» — «Paxtakor» bahsi Toshkentda o’tkaziladi

Bu haqda Surxon matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» — «Paxtakor» bahsi Toshkentda o’tkaziladi
Фото: Пахтакор ПФК

Oʻzbekiston kubogi “G” guruhi 2-turi doirasidagi “Surxon” hamda “Paxtakor” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv dastlab Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan “Surxon Arena” stadionida oʻtkazilishi belgilangan edi.

Biroq stadion maysasining va funksional holati qoniqarsiz holatga kelib qolganligi va maydon maysasini parvarishlash ishlari olib borilishi sababli har ikki klub — “Surxon” va “Paxtakor” professional futbol klublari rahbariyati oʻzaro kelishuvga erishdi.

Unga koʻra, mazkur uchrashuv Toshkent shahrida joylashgan Paxtakor Markaziy Stadionida o'tkazilishi rejalashtirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting