locale OZ

Superliga. \"OKMK\" va \"Dinamo\" muhim o'yinlarda g'alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "OKMK" va "Dinamo" muhim o'yinlarda g'alaba qozondi
PHOTO: Telegram

Superliga 6 tur o'yinlari davom ettirildi

Olmaliq shahrida “OKMK” jamoasi Jizzaxning “So'g'diyona”sini qabul qildi. Uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy tarda kechdi. Mehmonlar hisobda ikki marta oldinga chiqib olgan bo'lsada, yakunda Mirjalol Qosimov shogirtlari kambek amalga oshirib g'alabani ilib ketishdi.

OKMK 3:2 SO‘G‘DIYONA

Gollar: Lyupcho Doriyev, 47 (0:1), Ali Abdurahmonov, 52 (1:1), Lyupcho Doriyev, 57 (1:2), Xurshid G’iyosov, 74 (2:2), Xurshid G’iyosov, 84 (3:2)

Navbatdagi o'yin Andijon shahrida bo'lib o'tdi. Bahsli vaziyatlarga boy tarzda o'tgan qiziqarli uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozondi. Vadim Abramov shogirtlari “Bobur arena”dan uch ochko bilan Samarqandga qaytadigan bo'ldi

ANDIJON 1:2 DINAMO

Gollar: Ulug’bek Abdullayev, 66 (0:1), Luka Uskokovich, 81 (1:1), Abdurahmonov 90+15' (1:2)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting