Superliga. «Neftchi» safarda «Sho‘rtan»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Farg‘onaliklar peshqadamga aylandi.
Фото: Нефтчи ПФК
O‘zbekiston chempionatining 26-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi.
"Neftchi" safarda "Sho‘rtan"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Farg‘onaliklar safida gollar Zoran Marushich va Vladimir Yovovich hisobiga yozildi.
Natiajada Vitaliy Levchenko shogirdlari ochkolari sonini 57 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. "Sho‘rtan" esa 12 ochko to‘plagan holda eng so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga. 26-tur
"Sho‘rtan" 0:2 "Neftchi"
Gollar: Zoran Marushich 40, Vladimir Yovovich 87
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist