locale OZ

Superkompyuter Yevropa Ligasi g'olibini taxmin qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter Yevropa Ligasi g'olibini taxmin qildi
FOTO: Getty Images
Yevropa ligasi
21.05.2025, Yak.
Tottenhem
1
Manchester Yunayted
0

Opta superkompyuteri Yevropa Ligasi final uchrashuvidan oldin jamoalarning g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholab chiqdi.

Unga ko'ra, “Manchester Yunayted” turnir chempionligi qo'lga kiritish uchun kichik ustunlikka ega -50,7 foiz. “Tottenhem”da esa bu ko'rsatkich 49,3 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda “Manchester Yunayted” “Atletik Bilbao”ni (4:1, 3:0), “Tottenhem” esa “Bodo-Glimt”ni (2:0, 3:1) ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etdi.

Ma'lumot uchun, Yevropa Ligasining hal qiluvchi o'yini 21-may kuni Bilbaoda joylashgan “San Mames Barria” stadionida bo'lib o'tadi. Turnirning amaldagi g'olibi “Atalanta” hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting