locale OZ

Bruno Fernandesh “Manchester Yunayted”da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bruno Fernandesh “Manchester Yunayted”da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images
Yevropa ligasi
21.05.2025, Yak.
Tottenhem
1
Manchester Yunayted
0

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fernandesh joriy mavsum APL'da 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Bruno Yevropa Ligasida 13 ta o'yinda 7 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi finalida “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 21-may kuni bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting