Andre Onana “Tottenhem”ga qarshi Yevropa Ligasi finali haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
Yevropa ligasi
21.05.2025, Yak.
Tottenhem
1
Manchester Yunayted
0
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana “Tottenhem”ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi finali haqida gapirdi.
“Biz bu stadionni yaxshi bilamiz, u yerda “Atletik” bilan uchrashganmiz. Bu kuchli atmosferaga ega yaxshi stadion. Biz bu yerda g'alaba qozondik, shuning uchun u yerga ruhiy ustunlik bilan qaytamiz va g'alaba qozonamiz deb umid qilaman”, - deydi Onana.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” o'rtasidagi Yevropa Ligasi finali 21-may, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Bilbaoda joylashgan “San Mames Barria” stadionida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist