locale OZ

Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi
FOTO: Getty Images

Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi yakunlariga ko'ra, chempionlik uchun asosiy da'vogar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Yevropaning eng nufuzli turnirida g'alaba qozonish uchun eng katta imkoniyat PSJ'da ekanligi aytilmoqda - 53,6 foiz. “Inter”da esa bu ko'rsatkich 46,4 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, parijliklar yarim finalda “Arsenal”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:1 (1:0, 2:1) hisobida mag'lub etdi. “Inter” esa “Barselona”dan 7:6 (4:3, 3:3) hisobida ustun keldi.

Ma'lumot uchun, UEFA Chempionlar Ligasi finali 31-may kuni Myunxendagi “Allianz Arena”da bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion Madridning “Real” klubi hisoblanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting