locale OZ

Ronaldo Chempionlar Ligasi g'olibi kim bo'lishini taxmin qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldo Chempionlar Ligasi g'olibi kim bo'lishini taxmin qildi
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
31.05.2025, Yak.
Paris Saint-Germain
5
Inter
0

Milanning “Inter” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldo Chempionlar Ligasi finalida kim g'alaba qozonishi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, turnirning hal qiluvchi o'yini “Inter” va PSJ klublari o'rtasida kechadi. Uchrashuvdl 31-may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.

“Taxminim shuki, “Inter” g'alaba qozonadi, bu mening muxlis sifatidagi fikrim. Klub bilan juda yaxshi aloqadaman. Men jamoa bilan ko'plab muhim daqiqalarni boshdan kechirganman. “Inter” yana Chempionlar Ligasida g'alaba qozonsa yaxshi bo'lar edi”, - deydi Ronaldo.

Ma'lumot uchun, sobiq hujumchi faoliyati davomida “Kruzeyro”, “PSV”, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians” kabi jamoalarda o'ynagan. Ronaldo 2011-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Umuman olganda, braziliyalik hujumchi faoliyati davomida 735 ta o'yinda maydonga tushib, 512 ta golga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting