Super uchrashuvda \"Inter\" irodali g'alabaga erishdi
Hozirgina Italiyaning Milan shahrida yevropa chempionlar ligasi yarim final javob bahsi doirasidagi “Inter Milan” hamda “Barselona” jamoalari o'rtasidagi qiziqarli uchrashuv o'z yakuniga yetdi.

Unga ko'ra, ikki o'yinda jami 13 ta gol guvohiga aylandik va yakunda "Inter" finalga yo'l olmoqda.
Birinchi bo'limdan so'ng, italiyaliklar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Lautaro Martinez va Chalhanoglular gol muallifiga aylanishdi.

Ikkinchi bo'limga umuman boshqacha kayfiyat va tayyorgarlik bilan tushgan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi ketma-ket uchta top kiritib remontada amalga oshirgan edi, lekin uchrashuv yakunlanishiga bir necha soniyalar qolganida “Inter” hisobni tenglashtirib, o'yin qo'shimcha vaqtlarda davom etishini taminladi.

99 daqiqada Frattezzi “Inter”ning to'rtinchi golini urdi va ushbu hisob final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun yetarli bo'ldi.

Chempionlar ligasi 1/2 final
"Inter" 4:3 "Barselona"
Umumiy hisob: 7-6
Gollar: Lautaro 21, Chalhanoglu 45+1 (p), Acherbi 90+3, Frattezzi 99 - Garsiya 54, Olmo 60, Rafinya 88