Sunnatilla Abdullajonov «Xorazm»ni tark etdi
Futbolchi Superligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 5 ta assistni amalga oshirdi.
Фото: Хоразм ПФК
2025 yilgi mavsumni "Xorazm" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Sunnatilla Abdullajonov urganchliklarni tark etdi.
29 yoshli futbolchi kelgusidagi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi kutilmoqda. Unga bir qator jamoalar qiziqmoqda.
Sports24.uz ma'lum qilishicha, Abdullajonovga vodiy va voha jamoalari tomonidan takliflar bor.
Futbolchi Superligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 5 ta assistni amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist