locale OZ

Stole Solbakken: «Maqsadimiz Braziliyani mag'lub etish»

Norvegiya terma jamoasi ustozi JCH-2026 doirasidagi Braziliyaga qarshi o‘yindan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stole Solbakken: «Maqsadimiz Braziliyani mag'lub etish»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
05.07.2026, Yak.
Braziliya
1
Norvegiya
2

Norvegiya terma jamoasi ustozi Stole Solbakken JCH-2026 doirasidagi Braziliyaga qarshi o‘yindan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassis braziliyaliklar boshqaruvchisi Karlo Anchelottining ishini yuqori baholab, uni futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri deb atadi. Shu bilan birga, Solbakken o‘z jamoasi turnirning keyingi bosqichiga chiqish uchun kurashish niyatida ekanligini ta’kidladi.

«Karlo Anchelotti bilan uchrashish men uchun katta sharaf. Biroq bizning maqsadimiz — uni mag‘lub etish va turnirdagi ishtirokimizni davom ettirish uchun Braziliya ustidan g‘alaba qozonishdir. Biz faqat o‘z imkoniyatlarimizning eng yuqori chegarasida o‘ynasakkina muvaffaqiyatga erisha olamiz. Aks holda, imkoniyat bo‘lmaydi», — deya Solbakkenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA matbuot xizmati.

Uchrashuv 6 iyul kuni boshlanadi. Hakam ushbu qarama-qarshilikdagi bahs startini bildiruvchi hushtagini Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da chaladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting