locale OZ

Karlo Anchelotti: «Erling qanday harakat qilishini hamma biladi»

Turnirdagi 3 ta o‘yinda Erling 5 ta gol urdi va jahon chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Karlo Anchelotti: «Erling qanday harakat qilishini hamma biladi»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
Live, 90' + 1
Braziliya
0
Norvegiya
2

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jahon chempionati 1/8 final uchrashuvi oldidan Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus reja tayyorlamayotganini aytdi. Turnirdagi 3 ta o‘yinda Erling 5 ta gol urdi va jahon chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi.

«Xolandga qarshi qandaydir maxsus reja degan tushuncha bor deb o‘ylamayman. Futbolchilarga unga qarshi qanday himoyalanishni tushuntirishim shart emas – ular allaqachon bir-birlariga qarshi bir necha bor o‘ynashgan. Jamoamiz optimal holatda, ammo baribir o‘sadigan jihatlarimiz bor. Erling qanday harakat qilishini hamma biladi. Himoyachilarimga unga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tushuntirishimga hojat yo‘q.

Ular u bilan bir necha bor to‘qnash kelishgan, shuning uchun biz e’tiborimizni o‘yinga umumiy tayyorgarlik ko‘rishga va raqibning asosiy xususiyatlarini tahlil qilishga qaratganmiz. Ularning hujumda juda xavfli ekanligini bilamiz. Norvegiya – qiyin raqib, ular o‘z tuzilmasi va yaxshi tashkil etilgan o‘yinga ega, shu bois biz maksimal darajada o‘ynashimiz kerak. O‘ylaymanki, hozir bunga qodirmiz, chunki o‘zimizga ishonamiz va Yaponiyaga qarshi kechgan qiyin o‘yindan so‘ng 1/8 finalga yo‘l oldik», – dedi Anchelotti.

Braziliya Norvegiyaga qarshi bugun o‘ynaydi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting