Sport yulduzlari uchun omadsiz kun: Messi, Ronaldu va LeBron James musobaqalar bilan xayrlashishdi
30 apreldan 1 mayga o‘tar kechasi sport olamidagi eng mashhur yulduzlar uchun omad kulib boqmagan kun bo‘ldi. Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va LeBron James o‘z jamoalari bilan katta musobaqalarni tark etdi.
KONKAKAF Chempionlar Ligasining yarim final javob bahsida Messining "Inter Mayami" jamoasi kanadalik "Vankuver"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Ilk uchrashuvda ham AQSH klubi 0:2 mag‘lub bo‘lgan edi.
Shu kundin o‘zida Ronalduning "Al-Nasr" jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasining finaliga chiqa olmadi. Saudiya klubi Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ham Messi (37 yosh), ham Ronaldu (40 yosh) to‘liq o‘yin o‘tkazishdi.
Boshqa qit’ada esa LeBron James boshchiligidagi "Los-Anjeles Lakers" jamoasi MBA pley-offining birinchi bosqichini tark etdi. Ular beshinchi o‘yinda "Denver Nuggets"ga 106:108 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. LeBron 30 ochko bilan jamoasining eng samarali o‘yinchisi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ham "Lakers" aynan "Denver"ga yutqazgandi — o‘shanda yarim finalda.