Son Xyon Min faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
“Tottenhem” klubi hujumchisi Son Xyon Min faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, saudiyaliklar futbolchi London jamoasi bilan Yevropa Ligasida g'olib chiqqannidan so'ng uning Angliyadagi sarguzashti yakuniga yetdi, deb hisoblamoqda.
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”ni tark etishga yaqin turibdi, shuning uchun Saudiya chempionati o'z brendi yanada tanitish uchun yangi yulduz qidirmoqda. Son esa bu vazifani bajarishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Son Xyon Min 2015-yildan buyon “Tottenhem”da o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist