Kerrik: «Hech kimning asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmagan»
Kerrik: «Hech kimning asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmagan»
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik UEFA Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi.
«Qizil iblislar» 13 oktyabr, seshanba kuni Ispaniya poytaxtida mehmon bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Angliyalik mutaxassis shogirdlari oldindagi murakkab sinovlarga tayyor ekanini ta’kidlab, jamoadagi raqobatga ham alohida to‘xtaldi.
«Atletiko»ga qarshi o‘yinda bizni nima kutayotganini yaxshi bilamiz. Biz tayyormiz. Oldimizda ikkita qiyin uchrashuvdan iborat muhim hafta turibdi va bu bahslarni intizorlik bilan kutyapmiz.
Jamoa ichida kechayotgan jarayonlarni kuzatib, barcha futbolchilar ishga to‘liq jalb etilganini ko‘rib turibman. Hech kimga asosiy tarkibdagi o‘rin kafolatlanmagan. Biz oxirigacha kurashamiz», — deya Karrikning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida o‘z maydonida Ozarbayjonning «Sabah» klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.