Shomurodov faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin – OAV
Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchiga Saudiya Arabistonining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Shomurodov esa hozirda Turkiyada o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroq agar unga moliyaviy jihatdan manfaatli taklif tushsa, klubini o‘zgartirishga tayyor. Eldor yangi jamoasida yiliga taxminan 3 million yevro maosh olishni istamoqda.
“Istanbul Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchining transferidan 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist