Saudiyaning ikki klubi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" futbol klubi yarim himoyachisi Rafinya yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ferran Martines ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik vingerga Saudiya Arabistonining ikkita klubi — "Al-Nasr" va "Al-Hilol" qiziqish bildirgan. Ularning har ikkisi 29 yoshli futbolchi uchun 80 mln yevro to'lashga tayyor. Klublar futbolchining maoshini to'rt baravarga oshirishga tayyor.
Rafinyaning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi klub safida 33 ta o'yinda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 mln yevroni tashkil qiladi.