Saudiya Superkubogi. «An-Nasr» bir kishi kam bo‘lib «Al-Ittihod»ni mag‘lub etdi va finalga chiqdi
Фото: Getty Images
Gonkongda Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finali doirasidagi "An-Nasr" - "Al-Ittihod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bu bahsda riyodliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda 10-daqiqada Sadio Mane hisobni ochdi. 16-daqiqada Stiven Bergveyn muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Krishtianu Ronaldu uzatmasidan so‘ng Joau Feliks gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, "An-Nasr" finalga yo‘l oldi. Yarim finalning ikkinchi bahsida "Al-Ahli" klubi "Al-Qodisiya"ga qarshi o‘ynaydi.
Saudiya superkubogi. Yarim final
An-Nasr — Al-Ittihod 2:1
Gollar: Mane (10), Feliks (61) — Bergveyn (16).
Bahrom Bobonov
Redaktor