Saudiya Qirol Kubogi. «An Nasr» oʻz maydonida «Al Ittihod»ga magʻlub boʻldi va turnirni tark etdi
Saudiya Qirol Kubogi 1/8 finalidan oʻrin olgan bahsda «An Nasr» va «Al Ittihod» oʻzaro to'qnash keldi va yakunda mehmonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab hisob 15-daqiqada Karim Benzema tomonidan ochildi. 30-daqiqada Anjelo muvozanatni tikladi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Hussem Auar «Al Ittihod»ga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu uchrashuvni golsiz tark etdi.
Shu tariqa, «Al Ittihod» ushbu gʻalabasi orqali turnirning 1/4 finaliga yoʻllanma oldi.
Saudiya Qirol Kubogi. 1/8 final
«An Nasr» — «Al Ittihod» 1:2
Gollar: Anjelo (30) — Benzema (15), Auar (45+2).
An Nasr – Bento, Boushal (Al Hassan, 85), Simakan (Al Amri, 49), Martines, Yahyo, Anjelo, Haybari (Brozovich, 67), Koman, Feliks (Uesli, 67), Mane, Ronaldu.
Al Ittihod – Raykovich, Al Julaydan, Danilu, Mitay, Fabinio, Kante, Auar (Al Gʻamdi, 88), Rojer, Diabi, Benzema (Bergveyn, 76).