Saudiya ikki klubi Maguayrni xarid qilmoqchi
Futbolchining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Angliyani tark etib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Sunday Mirror nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “An-Nasr” va “Al-Ittifoq” jamoalari ingliz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Maguayrning ushbu klublardan biriga ehtimoliy transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, himoyachining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi. Futbolchining bozor qiymati 13 million yevro deb baholangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist