locale OZ

Saudiya Arabistoni Proligasining 5-turida «Al Ittihod» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi

Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Saudiya Arabistoni Proligasining 5-turida «Al Ittihod» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi
photo: gettyimages
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
05.09.2026, Yak.
Al-Ittihad
2
Al Nassr
1

Saudiya Arabistoni Proligasining 5-turida «Al Ittihod» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jorj Ilenikena 4-daqiqadayoq «Al Ittihod»ni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada hujumchi yana bir bor gol urib, dublini rasmiylashtirdi. 36-daqiqada «An Nasr» safida Gabriyel Anjelo bir gol farqni qisqartirdi, biroq mezbonlar qolgan vaqtda hisobni saqlab qoldi.

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bahsni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi. Shu tariqa jamoa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Ushbu natijadan so‘ng «An Nasr» 12 ochko bilan ikkinchi, «Al Ittihod» esa 11 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Saudiya Proligasi. 5-tur
Al Ittihod — An Nasr 2:1
Gollar:
Ilenikena 4, 23, Anjelo 36.

Al Ittihod: Raykovich, Al Julaydan (Al Shankiti, 53), Danilo Pereyra, Kadesh, Abdi, Lopi, Muxtar Ali (Richard Rios, 46), Al G‘amdi (En Nesiri, 67), Aua, Bergveyn (Kaabi, 82), Ilenikena (Al Sahafi, 67).

An Nasr: Al Aqidi, Al Bushayl, Simakan, Al Amri, Al Najdi (Ayman Yahya, 60), Koman (Al Nasser, 60), Samu Koshta (Al Haybari, 78), Gabriyel Anjelo (Al Hamdan, 78), Mane, Joau Felish, Krishtianu Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Samu Kosta 55, Al Amri 90.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting