Sarri \"Torino\" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Klub bir necha mutaxassislarni kuzatmoqda
Photo: Getty Images
Maurisio Sarri "Torino" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Manbaga ko'ra, turinliklar Paolo Vanolini iste'foga chiqardi. Uning o'rniga bir necha nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Ular orasida Sarri nomzodi ham ko'rsatilgan. Shuningdek, Jennaro Gattuzo ham "Torino"ni boshqarishi mumkin.
Hozircha Sarri kelajagi borasida yakuniy bir qarorga kelmagani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Torino" yakunlangan mavsum A Seriya turnir jadvalida 11-o'rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist