locale OZ

Santu “Roma”ni boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Santu “Roma”ni boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images

“Roma” rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga Nunu Espirinto Santuni taklif qilishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rim klub rahbariyati “Nottingem Forest”ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis bilan bog‘langan. Unga ikki yillik shartnoma taklif qilingan.

Shuningdek, unga qisqa muddatda Italiya chempionatida g‘alaba qozonishga qodir klubni shakllantira olishi va’da qilingan.

Santuning “Nottingem Forest” bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting