Sanches «Udineze»ni tark etishi mumkin
Photo: Getty Images
“Udineze” vingeri Aleksis Sanches yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi “Udineze”da o‘z darajasida o‘ynay olmadi va jarohatlar bilan kurashib keldi. Sanches klubda 2024 yilning avgustidan buyon o‘ynab kelmoqda, o‘shanda erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda Sanches klub safida 13 o‘yinda 427 daqiqa harakat qildi va gol ura olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist